Virusli gepatit S: yuqish yo‘llari va profilaktikasi

Virusli gepatit S – infeksion kasallik bo‘lib, asosan jigarning zararlanishi bilan kechadi. Gepatit S bilan zararlangan bemorlarning 50-80 foizida kasallik xronik tusga o‘tib, keyinchalik jigar sirrozi yoki (va) jigar raki shakllanishi mumkin.

Virusli Gepatit S uzoq yillar davomida hech qanday simptomlarsiz kechib, tasoddifan tibbiy ko‘riklar paytida aniqlanishi mumkin. Bungacha esa «bemor» bir qancha insonlarga S virusini yuqtirishga ulgurishi mumkin. Virusli Gepatit S bilan zararlanishni oldini olish uchun uning yuqish yo‘llarini bilish muhim hisoblanadi.

Virusli Gepatit S virusi insonga uch xil yo‘l orqali yuqadi: parenteral, jinsiy va vertikal.

1.    Parenteral usul – bu gepatit S tashuvchi bemordan nosteril (shprits, stomatologik, ginekologik va manikyur) anjomlari orqali yuqishi bo‘lib, ushbu buyumlarni dezinfeksiyalash va bir necha bosqichda sterilizatsiyalash orqali yuqishni oldini olish mumkin.
2.    Jinsiy yo‘l – bu usulda virus xuddi venerik kasalliklar, VICh va gepatit virusi kabi yuqishi mumkin.
3.    Vertikal usul – bu usul orqali yuqish homilador ayolni o‘tkir S virusli gepatit bilan zararlanganda yoki xronik gepatit S kasalligi homiladorlik davrida qo‘ziganda kuzatiladi.

Qanday analizlar asosida gepatit S tashhisi qo‘yiladi?

Virusli gepatit S tashhisini qo‘yish uchun quyidagi tahlillar va instrumental tekshirish xulosalari kerak bo‘ladi:
• Qonning bioximik tahlili (AlAt, AsaT, Bilirubin);
• IFA diagnostika: Gepatit S virusiga antitanachalarni (anti HCV) aniqlash;
• PSR diagnostika: PCR HCV
• Ultratovushli tekshirish;
• Jigar biopsiyasi.
Kimlar gepatit S uchun tekshiruvdan o‘tishlari lozim?

Xavf guruhidasiz, agar siz:

ü  begonalar qoni va ignalar bilan bevosita aloqada bo‘luvchi tibbiyot muassasida ishlasangiz;

ü  betartib jinsiy hayot tarziga ega bo‘lsangiz;

ü  pirsing yoki tatuirovkangiz bo‘lsa va xizmat ko‘rsatuvchining bir martalik yoki sterillangan asboblardan foydalanganini aniq bilmasangiz;

ü  gigiyena darajasi shubhali salonlarda manikyur yoki pedikyur xizmatidan foydalangan bo‘lsangiz;

ü  sizga qon quyishgan bo‘lsa;

ü  turmush o‘rtog‘ingiz gepatit S bian zararlangan bo‘lsa;

ü  onangiz gepatit S bilan zararlangan bo‘lsa;

Gepatit S yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak?

Kasallik yuqishining asosiy yo‘li qon orqali ro‘y beradi. Ba’zi hollarda jinsiy yo‘l orqali va tug‘ruq jarayonida onadan bolaga o‘tishi mumkin, ammo bu juda kam uchraydi.

Gepatit S quyidagi yo‘llarda yuqmaydi:

ü  ovqat, suv, ko‘krak suti orqali;

ü  so‘zlashuv, quchoqlashish, o‘pishish, bir idishdan foydalanish orqali;

ü  chivinlar va boshqa hasharotlar orqali.

PROFILAKTIKASI:

Eng muhim qoida bu gigiyenaga rioya qilish va begona qondan ehtiyot bo‘lishdir:

Shprits va boshqa insonlarning biomateriallari bilan ishlash jarayonida qoidalarga amal qiling;

Jamoat joylarida tirnalishlar orttirmaslikka harakat qiling. Chunki sizdan oldin boshqa bir odam ham tirnalgan bo‘lishi mumkin;

Tish tozalash vositangizdan boshqalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymang;

Go‘zallik salonlari gigiyenasiga diqqatli bo‘ling;

Giyohvand moddalar iste’mol qilmang.

Va yana bir bor eslatamiz: gepatit S — davosi bor kasallik. Ammo eng yaxshisi unga yo‘liqmaslik. Ehtiyotkor va diqqatli bo‘ling.

Nuriya Idiyeva

Epidemiolog vrach yordamchisi.


 

SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni