O‘yinchoqlar bolalarning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Bola ongining shakllanishida turli xil o‘yinchoqlar, harakatlanuvchi qurilmalar bo‘lishi lozim. Ammo, masalaning ikkinchi tomoni ham bor.
O‘yinchoqlarni tayyorlashda foydalaniladigan xom ashyo toza (iflos bo‘lmagan), noinfeksion va amaldagi Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentning 5-moddasi 1.2-paragrafida keltirilgan va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga mos bo‘lishi kerak. Yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlarni tayyorlashda tabiiy mo‘ynadan, tabiiy charmdan, oynadan, chinnidan, bo‘yalgan kauchukdan, karton va qog‘ozdan, namlik muhitda o‘lchamlari 5% dan ko‘proqqa oshadigan predmetdan hamda ovoz chiqaruvchi o‘yinchoqlar ichini to‘ldirishda o‘lchami 3 mm. va undan kichik bo‘lgan granulalardan foydalanish mumkin emas. Yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlarda xavflilik darajasi 1-sinfga mansub bo‘lgan kimyoviy moddalarni qo‘llashga ruxsat etilmaydi. O‘yinchoqlarda oldin boshqa maqsadlarda ishlatilgan ikkilamchi xom-ashyoni qayta ishlab olingan materiallarni qo‘llashga ruxsat etilmaydi.
O‘yinchoqlarni ishlab chiqarishda o‘z korxonasining chiqindilaridan foydalanishga ruxsat beriladi. O‘yinchoqlarning muhofaza-dekorativ yuzasi qoplamasi namli muhitga, so‘laklar va terlar ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak. O‘yinchoqlarni konstruksiyalash va tayyorlash shunday bo‘lishi kerakki, ulardan bajaradigan vazifasiga ko‘ra foydalanish vaqtida, bolalarning va ularga qarab turuvchi shaxslarning hayoti hamda salomatliklariga xavf tug‘dirmasligi kerak.