Tuxum tanlash va uning foydasi hamda iste’molning meyori haqida

Qorinni to‘q tutish va organizmni yetarli vitaminlar bilan to‘yintirishda tovuq hamda bedana tuxumiga teng keladigani  ne’mat yo‘q. Ayniqsa bedana tuxumi kuchli immunitet hosil qiladi. Uning tarkibida mikroelementlar va V guruh vitaminlari bisyor.

Tovuq tuxumlari  ikki xil bo‘ladi. Oq va jigarrang. Sababi – patlari oqish bo‘lgan tovuqning tuxumi oq, jigarrang yoki olachipor tovuqning tuxum esa jigarrang bo‘ladi. Ikki xil rangdagi tuxumning ozuqaviy qiymati esa  bir-xil. Faqatgina ular tuxum po‘stining rangi, katta kichikligi bilan farqlanishi mumkin. Odatda yosh tovuqlar po‘sti qalin, nisbatan kichikroq tuxum qo‘yishadi. Yana tovuqning ozuqasi tuxum sarig‘ining rangi va ta’miga ta’sir etadi.

Tuxum qancha katta bo‘lsa, shuncha foydali, degan fikr to‘g‘ri emas. Katta tuxumlarda suv ko‘proq, ozuqaviy moddalar nisbati kamroq bo‘ladi. Odatda qari tovuqlarning tuxumlari kattaroq bo‘ladi. Yosh tovuqlarning tuxumlari esa kichikroq bo‘ladi. Ular katta tuxumlarga nisbatan foydali, mazali va to‘yimliroq hisoblanadi.

Tuxumni har kim o‘z ta’biga ko‘ra suvda qaynatib yoki yog‘da qovurib iste’mol qiladi. Ikkisi ham foydali. Faqat tuxum qancha ko‘p pishirilsa tarkibidagi foydali mikroelement ham yo‘qolib boraveradi. Nonushtada ham sarig‘i yumshoq pishirilgan tuxumni iste’mol qilgan ma’qul. Bolalar va qariyalarning oshqozoni qattiq pishirilgan tuxum sarig‘ini hazm qilishga qilishi qiyin kechadi.

Tuxumni chaqmay turib, uning yangi yoki eskiligini aniqlashni istaysizmi? Tuxumni bir stakan sovuq suvga solgach, tuxum cho‘ksa, yangi hisoblanadi. U suv yuzasiga qalqib chiqsa eski bo‘ladi.        

Tovuq tuxumi foydali moddalarga boy bo‘lsada, muntazam is’temol qilish tavsiya etilmaydi. U yuqori allergen mahsulotlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, xom tuxum qaynatilgan va qovurilganiga qaraganda kuchliroq allergen sanaladi. 

Shuningdek, qon tarkibini tekshirganda xolesterini miqdordan ko‘p bo‘lsa, ushbu ne’matni yeyish mumkin emas. Tuxum  qand kasalligi, oshqozonida, jigar va o‘t qopida muammosi bo‘lgan kishilarga ham tavsiya etilmaydi.  Tibbiyot olimlari sog‘lom kishiga haftasiga ikki-uchta tuxum iste’mol qilishi  mumkinligini ta’kidlashadi.

Shuningdek, bir yoshga to‘lmagan go‘daklarga butun bir tuxumni berish mumkin emas. Yosh bolaga tuxum sarig‘ining to‘rtdan bir qismi kifoya. Tuxum oqini esa bir yoshga to‘lmagan go‘dakka yedirish qat’iyan man etiladi. 

Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Gulbahor Raxmatillayeva 

Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasi

OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi vrach epidemiologi 


SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni