O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari va ularning profilaktikasi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har yili 275 milliondan ortiq odamlar o‘tkir yuqumli ichak kasalliklariga chalinadi va ularning 70 foizga yaqinini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi.

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklariga qorin tifi, paratiflar, salmonellyoz, ichburug‘, virusli gepatitning “A” turi va boshqa qator o‘tkir yuqumli kasalliklar kiradi.

Bu kasalliklarni aksariyat hollarda bakteriya va viruslar qo‘zg‘atib, bemor va bakteriya tashuvchi odamlar  kasallik qo‘zg‘atuvchilarining manbalari hisoblanadi. Ular kasallik qo‘zg‘atuvchilarini asosan o‘zlarining najasi orqali tashqi muhitga chiqaradi va atrof muhitni shu kasallik qo‘zg‘atuvchilari bilan ifloslantiradi.

Masalan, ichburug‘ kasalligi bilan og‘rigan bemorning 1 gramm najasida 1 milliongacha, qorin tifi bilan og‘rigan bemor yoki bakteriya tashuvchining 1 gramm najasida 10 milliongacha kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya bo‘lishi mumkin.

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining barchasi tashqi muhitga ancha chidamli bo‘ladi. Masalan, qorin tifi qo‘zg‘atuvchisi oqar suvda, sabzavot va mevalarda 5-10 kun, kulmak suvda 1 oygacha, non va non mahsulotlari yuzasida bir necha kun davomida tirik saqlansa, vabo qo‘zg‘atuvchilari oqar suvda 18 kundan 5 oygacha saqlanadi. Vabo qo‘zg‘atuvchisi suvda va salmonellyoz qo‘zg‘atuvchilari oziq-ovqat mahsulotlarida qulay sharoitda ko‘payishi ham mukin.

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining yuqish yo‘llari bir-biriga o‘xshash bo‘lsada, ularning yetakchi yuqish omili bor. Masalan, qorin tifi va vabo kasalliklarida yetakchi yuqish omili suv hisoblansa, salmonellyoz kasalliklarida esa oziq-ovqat mahsulotlari yetakchi yuqish omili hisoblanadi.

Bu guruh yuqumli kasalliklar maishiy-muloqot yo‘li bilan ham yuqadi.

Yilning issiq kunlarida aholi, ayniqsa bolalar o‘rtasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari tez-tez uchrab turadi.

Yoz oylarida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari omillari faollashadi. Aholi ko‘proq  suv, har xil chanqovbosdi ichimliklar ichadi, meva-sabzavotlar, ko‘katlar iste’mol qiladi hamda kasallik qo‘zg‘atuvchilari bilan ifloslangan ochiq suv xavzalarida cho‘miladi va shu jarayonlarda ular o‘zlariga o‘tkir yuqumli kasalliklarni yuqtirib olishi mumkin.

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari  mavsumiy kasalliklar hisoblanib, asosan yilning yoz va kuz fasllarida ko‘proq uchraydi, chunki bu fasllarda kasallikning yuqish omillari faollashadi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchilarining odam organizmiga tushib, toki kasallikning ilk alomatlari paydo bo‘guniga qadar ma’lum bir vaqt o‘tadi. Bu davr kasallik belgilarisiz kechadi va bunga kasallikning yashirin davri deyiladi. O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarida bu davr bir necha soatdan 21 kungacha davom etadi. Kasallikning yashirin davri kasallikni turiga qarab, qisqarishi yoki cho‘zilishi mumkin. Bu davr kasallik qo‘zg‘atuvchisining ayrim xususiyatlari va odamning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ldi.

Aksariyat o‘tkir yuqumli ichak kasalliklariga chalingan bemorlarda holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, ichning suyuq ketishi, tana haroratining ko‘tarilishi kabi kasallik  alomatlari kuzatiladi.

Bemorlarda o‘z vaqtida tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bu kasalliklar o‘zidan bir qancha asoratlar qoldirishi mumkin. Bularga ichaklar faoliyatining buzilishi, ichaklardagi yaralardan qon ketishi, ichak devorlarining teshilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va h.k. Bunday asoratlarning ayrimlari bemorlarning o‘limiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, xonadonlarda, jamoat joylarida tozalik va obodonlashtirish ishlarini muntazam amalga oshirish, umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi bilan shug‘ullanadigan korxonalarda sanitariya talablariga rioya qilish hamda aholini tibbiy sanitariya-madaniyatini oshirish, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olishga muhim ahamiyatga ega.

Ob-havoning isib ketishi natijasida odamlarning ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyoji ham ortadi. Bundan tashqari, bolalar ariqlarga, kanallarga, hovuzlar va favvoralarga cho‘milishga oshiqishadi. Shu sababli kunning issiq paytlari bolalarni nazoratsiz ko‘chaga chiqishlariga, to‘g‘ri kelgan joylarda cho‘milishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Bundan tashqari dehqon bozorlarida, ko‘chalarda sifati kafolatlanmagan, qo‘lda (uy sharoitida) tayyorlangan salqin ichimliklar, sharbatlar, ayron va boshqa ichimliklarni iste’mol qilish ham o‘tqir yuqumli ichak kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ovqatlanishdan oldin, xojatxonadan sung qullarni sovunlab yuvish, tirnoqlarni o‘z vaqtida olish, qo‘llarni tozaligiga rioya qilish, oilada o‘z sochig‘idan, tuy-marakalarda shaxsiy qo‘l ro‘molchadan foydalanish, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.

Havo haroratining keskin ko‘turilishi o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarini keltiruvchi chiqaruvchi omillarni yanada faollashuviga olib keladi va bu esa o‘z navbatida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarini ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Mazkur kasalliklarning oldini olishda shaxsiy gigienaning roli juda katta. O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari “iflos qo‘l” kasalliklari deb bejizga aytilmagan.

O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari asosan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida uchrashini inobatga olib, bolar parvarishi bilan shug‘ullanuvchi ota-onalarga, enaga va boshqalarga qo‘yidagilar tavsiya qilinadi:

bolalar parvarishi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar muntazam ravishda pediatr vrachlardan bolalarni  parvarishi bo‘yicha maslahatlar olishi;

bolalarni parvarishi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilishi, shuningdek bolalarni ham shaxsiy gigienasini ta’minlashi va shunga ko‘niktirish;

bolasini ko‘krak suti boquvchi onalar emizishdan oldin qul gigienasiga qat’iy rioya qilishi, bolalarni ham qullarini sovunlab yuvib, keyin emizishi;

bolalarga sovutgichda uzoq muddat saqlangan taomlarni yedirmaslik;

har qanday kimsaga bolalarni ovqatlantirishga ruxsat bermaslik;

oziq-ovqat mahsulotlarini pashsha, suvarak va boshqa bug‘imoyolilardan asrash;

bolalarni nazoratsiz ko‘chaga chiqishlariga, to‘g‘ri kelgan joylarda cho‘milishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, salomatlikni asrashning 17 foizi atrof-muhit omillariga, 10 foizi tibbiy xizmatga, 17 foizga irsiy omillarga, 55 foizi sog‘lom turmush tarziga bog‘liqdir.

Demak, odamlarda sog‘lom turmush tarzini bolalikdan shakllantirib borish- qator kasalliklarni, shu jumladan o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarini oldini olishning garovidir

Kasallikning davolashdan ko‘ra uning oldini olish ming bor afzal ekanligini unutmang!

Zamira Hamroyeva

O‘XYuKlar bo‘limi

epidemiolog vrach yordamchisi

 

SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni