Brutsellyoz — bu odam va hayvonlarda uchraydigan xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, asosan qoramol, qo‘y, echkilardan odamga yuqadi.
Kasallik qanday yuqadi?
Pishmagan yoki to‘liq qaynatilmagan sut, sut mahsulotlari orqali;
Kasal hayvonlarga qarov vaqtida;
Go‘shtni noto‘g‘ri ishlov berganda.
Brutsellyoz belgilari:
Doimiy yoki to‘lqinli isitma;
Bo‘g‘im og‘rig‘i;
Tez charchash;
Terlash;
Uyqu buzilishi;
Ba’zida jigar va taloq kattalashishi.
E’tibor bering! Brutsellyoz uzoq davom etadigan, asoratli kasallik bo‘lishi mumkin. O‘z vaqtida davolash shart!
Oldini olish yo‘llari:
Sutni qaynatib iching;
Go‘shtni yaxshi pishiring;
Veterinar nazoratisiz hayvon sotib olmang;
Kasal hayvon bilan ishlaganda himoya vositalaridan foydalaning.
Sog‘ligingiz — o‘z qo‘lingizda!
Sanepidqo‘mita Qiziltepa tuman bo‘limi.