Kun davomida kishi havo orqali va muloqotda qanchadan-qancha mikroblarga duch keladi. Ularning ko‘p qismi avvalo qo‘llarda bo‘ladi. Shuning uchun qo‘lni doim sovunlab yuvish lozim.
Qo‘llar qo‘yidagi holatlarda albatta yuvilishi shart:
• ko‘chadan uyga kirgach;
• ovqat tayyorlashdan va iste’mol qilishdan oldin;
• hojatxonadan chiqqach;
• uydagi boshqa yumushlarni bajargandan so‘ng.
Buni unutmang! Toza bo‘lmagan qo‘llar yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Shu sabab:
• yuvilmagan qo‘llar bilan og‘iz, burun ko‘zga tegmaslik;
• odamlar gavjum joylarda jihozlar va buyumlar yuzalariga (sirtlariga) teginmaslik;
• suv va sovundan foydalanish imkoniyati yo‘q bo‘lgan sharoitda gigiyenik nam salfetkalar va antiseptik vositalardan foydalanish.
Hurmatli ota-onalar,farzandlaringizni bolalikdan qo‘lni sovunlab yuvishga o‘rgatib boring, sharoit yarating va o‘zingiz namuna bo‘ling!