Inson salomatligi va uni asrash omillari

Inson salomatligi - tabiatning bebaho ne’mati, lekin u kasalliklarni keltirib chiqaradigan turli xil tashqi kuchlarning hujumiga duchor bo‘ladi. Inson tanasi doimo salomatlik va kasallik o‘rtasida muvozanatni saqlashga harakat qiladi. Kasallik, ular orasidagi sezilmas o‘tish. Salomatlik va kasallik tushunchalarini anglagan holda uning sabablariga to‘xtalib o‘tsak.

Kasallikni keltirib chiqaradigan omillar (sabablar)ni bir necha toifalarga bo‘lish mumkin:

-ko‘plab jarohatlarga olib keladigan mexanik shikastlanishlar;

-jismoniy omillar, ular orasida eng katta xavf – radioaktiv ta’sir qilish;

-kimoviy omillar. Atrof-muhitning ifloslanishi (havo, suv, tuproq);

-ekologik omillar;

-dunyo mamlakatlarining muammosi bo‘lib kelgan biologik omillar, avvalo mikroorganizmlar (bakteriya, zamburug‘, virus, viroid, prion) keltirib chiqargan uqumli kasalliklar;

-zararlangan genlarning ota-onalar tomonidan uzatilishi – irsiy kasalliklar.

Bakteriyalar orqali kelib chiquvchi yuqumli infeksion kasalliklar haqida qisqacha ta’rif keltirib o‘tsak:

Kasallik chaqiruvchi bakteriyalar – shartli patogen va patogenlar deb ataladi.

Bunday bakteriyalar havo-tomchi, maishiy muloqot, fekal-oral yo‘llar bilan tanaga kirib, keyin ko‘payib, butun organizm bo‘ylab tarqalishi mumkin. Albatta, mazkur jarayonda immunitet hujayralar mikroorganizmga qarshi aktiv kurashadi, immunitetni yengib o‘tgan patogen va shartli patogen bakteriyalar sababchi sifatida infeksion kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Tibbiyotda bakterial etiologiyali kasalliklar antibiotik dori vositalarini qabul qilib davolanadi. Antibiotiklar bakteriyalarning hujayra devorini parchalab yoki ularni ko‘payishiga, oqsillar sinteziga to‘sqinlik qilish orqali ularni halok qiladi.

Biroq bakteriyalar tabiatan mutatsiya mexanizmlari orqali oson o‘zgaruvchan-moslashuvchan mikroorganizmlar bo‘lib, antibiotiklarga qarshi o‘zida chidamlilik mexanizmlarini ishlab chiqadi – hujayra devorini o‘zgartirishi, antibiotik kirish porin-teshiklarini antibiotik sig‘maydigan qilib kichraytirishi va boshqa nishonlarni antibiotik tanimaydigan qilib moslashtirishi mumkin. Bu vaziyatda qabul qilingan (oral, inyekson) antibiotik dori vositasi ta’sir qilmaydi va aksincha jigar va buyrak, limfa sistemasi, immunitet hujayralariga aks ta’sir qiladi. Natijada bemorda davolanish cho‘zilib ketadi, dori vositalarini tanlovi qiyinlashadi, dori vositalariga sarflov xarajatlari ortadi, o‘tkir kasalliklar surunkali tus oladi, og‘ir vaziyatlarda o‘limga olib kelishi ham mumkin.

Antibiotik chidamlilikni va chidamli bakterial shtammlarini aholi o‘rtasida tarqalishini oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish kerak:

1.Faqat bakterial infeksiyalarga laborator usulida tekshirgach antibiotik dori vositalarini qabul qilish. Bakteriya turini aniqlab va unga qarshi ta’sir qiluvchi antibiotikni aniqlagach, aniqlangan dori vositasini davolashda qo‘llash (virusli infeksiyalarga antibiotiklar ta’sir qilmaydi).

2.Toza qo‘llar, shaxsiy, atrof-muhit gigiyenasiga amal qilish (patogen mikroorganizmlarini tarqalishini oldini oladi).

3.Infeksion kasalliklarini laborator diagnostikasini takomillashtirish va namuna topshirmoqchi bo‘lgan aholi uchun qulay sharoit yaratish.

4.Antibiotiklarni faqat shifokor retsepti bilan qo‘llash, davolash rejimi va dozalariga rioya qilish.

5.O‘simliklar xo‘jaligi va veterinariya xizmatida antibiotiklardan foydalanishni tizimlashtirib nazoratga olish.

6.Vaksinatsiya.

7.Barcha antibiotik guruhlari bo‘yicha dori vositalarining bo‘lishini ta’minlash.

8.O‘zini o‘zi davolashga chek qo‘yish.


Umida Baratova

Sanepidqo‘mita Navoiy viloyat boshqarmasi

Bakteriologiya laboratoriyasi bo‘limi mudiri,

oliy toifali vrach-bakteriolog


SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni