Chang zarrachalari nafas yo‘llari, ko‘z va teriga salbiy ta’sir qiladi.
Ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor shaxslar uchun xavfli.
SHAXSIY HIMOYA CHORALARI:
Niqob (tibbiy yoki respirator) taqish;
Ko‘zni himoya qilish uchun ko‘zoynak taqish;
Tashqariga chiqishni cheklash;
Jismoniy zo‘riqishdan saqlanish.
UYDA XAVFSIZLIK:
Deraza va eshiklarni mahkam yoping;
Nam tozalashni ko‘paytiring;
Xonani muntazam shamollating (chang pasayganda);
Nam havo saqlash uchun idishda suv qo‘yish mumkin.
SALOMATLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH:
Ko‘proq toza suv ichish;
Vitaminlarga boy oziq-ovqat iste’mol qilish;
Burunni tuzli eritma bilan chayish;
Ko‘zni toza suv bilan yuvish.
QACHON SHIFOKORGA MUROJAAT QILISH KERAK?
Nafas qisishi;
Uzoq davom etuvchi yo‘tal;
Ko‘zda qattiq achishish;
Bosh aylanishi yoki holsizlik.
ALOHIDA E'TIBOR:
Bolalar;
Keksalar;
Astma, allergiya, yurak-qon tomir kasalligi borlar.
Eslatma:
Ob-havo ogohlantirishlarini kuzatib boring va zarur holda uyda qoling.