E’TIROF, E’TIBOR...

Poytaxtimizdagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida 12-may — Xalqaro hamshiralar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri oʻtkazilgan va  “Yilning eng yaxshi hamshirasi” koʻrik-tanlovi gʻoliblari hamda 15 ta nominatsiya boʻyicha “Yilning eng yaxshi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati oʻrta tibbiyot xodimi” tanlovi sovrindorlari taqdirlangan edi.

Unda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Navoiy viloyati boshqarmasi davolash profilaktika muassasalari boʻlimi epidemiolog - vrach  yordamchisi Idiyeva Nuriya Shamsidinovna 3-oʻrin gʻolibi deb topilib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Bugun Sanepidqoʻmita Navoiy viloyati boshqarmasida Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisi F.Rahimova N.Idiyevaga diplom, statuetka va zamonaviy smart televizorini tantanali topshirdi.


SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni