Assalomu alaykum, hurmatli ichki ishlar xodimlari!
Tinchlik va osoyishtalik posbonlari!
Sizning ona-Vatan tinchligi, yurt osoyishtaligi uchun fidoiylarcha qilayotgan mashaqqatli mehnatlaringiz, kechani kecha, kunduzni kunduz demay jamiyatda huquq-tartibotni, qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishdagi ishlaringiz tahsinga loyiq.
Xalqimizda mehnat qilgan elda aziz deganlaridek, Sizning har bir xonadon, barcha oilalar, jamoat tashkilotlari, shuningdek yurt sarhadlarining daxlsizligini ta’minlashdagi mehnatlaringiz doimo qadrlab kelinadi.
Bugungi murakkab vaziyat bizdan zimmamizga yuklatilgan tinchlik va osoyishtalikni asrashdek o‘ta mas’uliyatli va sharafli vazifani kechayu kunduz fidoyilik va vijdonan ado etishimizni talab etadi.
25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan barchangizni muborakbod etaman! Sizlarga sharafli ishlaringizda kuch-quvvat, oilalaringizga tinchlik, xotirjamlik, o‘zingizga salomatlik tilayman!
Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!