BAYRAM TABRIGI

 

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Azimov Zafar Sayfiddinovich muborakbod xatnomasini e’lon qildi.

Ma’lumotnomada mustaqillikning ahamiyati, mamlakat taraqqiyoti hamda aholi salomatligi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashdagi majburiyatlar ta’kidlab o‘tilgan.

MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT, BEQIYOS NE’MAT!

Hurmatli yurtdoshlar!

Aziz hamkasblar!

Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy qadriyatlarini asrash va ulug‘ maqsadlar sari dadil qadam tashlash imkonini bergan buyuk tarixiy ne’matdir.

O‘tgan 35 yil davomida mamlakatimiz taraqqiyot, yangilanish va bunyodkorlik yo‘lidan sobitqadamlik bilan borib, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallab kelmoqda. Bugun yurtimizda inson qadri, uning salomatligi, farovon hayoti va munosib kelajagi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar barchamizga yuksak mas’uliyat yuklaydi.

Ayniqsa, aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasidagi vazifalarni sidqidildan bajarish — Vatan taraqqiyotiga qo‘shilayotgan munosib hissadir.

Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hayoti farovon bo‘lsin!

Yangi O‘zbekistonning buyuk kelajagi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yanada yuksalsin!

Hurmat bilan,

Azimov Zafar Sayfiddinovich

Sanepidqo‘mita Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i


SO`NGGI YANGILIKLAR
IMAGE
Bo'sh ish orinlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash...

Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni