Ovqatdan zaharlanish – bu buzilgan mahsulotlarni isteʼmol qilinishi natijasida hazm qilishning buzilishi bilan kechadigan holatdir. Bolalarda ovqatdan zaharlanishning asosiy sababchisi – shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik.
Ovqatdan zaharlanish quyidagi xollarda vujudga kelishi mumkin:
- Isteʼmolga yaroqsiz mevalarni isteʼmol qilish;
- Yuvilmagan meva va sabzavotlarni isteʼmol qilish;
- Iflos qo‘llarni va yerdan biron-bir narsani olib og‘izga solish;
- Cho‘milish vaqtida ochiq suv havzalaridagi iflos suv ichish;
- Bemor inson bilan muloqotda bo‘lganda zararlanishi;
Ovqatdan zaharlanishning belgilari:
- Holsizlik;
- Darmonsizlik;
- Bosh aylanishi;
- Qorin sohasida og‘riq;
- Ishtahaning yuqolishi;
- Ich ketish;
- Og‘iz qurishi;
- Ko‘ngil aynishi;
- Harorat ko‘tarilishi;
- Qayt qilish;
- Ichning suyuq ketishi (shilimshiqli, qonli va ko‘kimtir);
Yuqoridagi belgilar kuzatilganda, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!
Kerakli maslahatlar:
- Bola ovqatdan zaharlanganda, zudlik bilan shifokorni uyga chaqiring.
- Shifokor ovqatdan zaharlanish sabablarini aniqlab, davolash uchun kerakli maslahatlarni beradi.
- Shifokor kelganga qadar ko‘proq suyuqlik (qaynatilgan suv, ko‘k choy va gazlanmagan suv) ichiring.
Ovqatdan zaharlanishni oldini olish maqsadida bolaga quyidagi ko‘nikmalarni o‘rgatish kerak:
- Qo‘llarni hojatdan oldin va keyin, ko‘chadan kelgandan so‘ng, ovqatlanishdan oldin va o‘yinchoqlarni o‘ynagandan so‘ng, qo‘llarni sovunlab yuvish;
- Birovning ovqatini, suvini hamda bir idish va butilkada isteʼmol qilmaslik;
- Uysiz va begona hayvonlarni silamaslik hamda ovqatlantirmaslik;
- Oshxonalar tozaligiga eʼtibor berish;
- Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
- Tez buziladigan mahsulotlarni muzlatgichda saqlash;
- Axlat soladigan idishda ustini yopiq ushlash;
- Mahsulotlarni isteʼmol qilishdan oldin oqar suvda yuvish va zararsizlantirish;
- Qaynatilgan suvdan foydalanish;
- Meva va sabzavotlarni isteʼmol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;
- Ovqatlarni ustini yopiq xolda saqlash;
Mahsulotlarni isteʼmol qilishdan oldin sanasiga eʼtibor berish.
Esda tuting!
Ovqatdan zaharlanish – bu kasallik va uni oldini olish mumkin.
Elbek Boyirov
Navoiy viloyati boshqarmasi
Bolalar va o’smirlar gigiyenasi
bo’limi sanitariya vrachi